23 dekabr kuni kechqurun 25 yoshli Vlada Moskva markazida 37 yoshli toshkentlik Aleksey Varakin tomonidan pichoqlangan. Bu haqda poytaxt Tergov qo`mitasining Telegram-kanalida ma`lum qilindi.
Pichoqbozlikdan so`ng qiz o`zini hammomga qamab olgan va videoqo`ng`iroq orqali bo`lgan voqeani dugonasiga aytib berishga ulgurgan. Dugonasi esa zudlik bilan polisiyaga xabar bergan. Polisiyachilar Mukomolniy xiyobonidagi kvartiraga etib borgach, qizni bo`ynidan pichoqlangan holda, Alekseyni esa yaralangan holda topishgan. Uning o`zi qizni o`ldirganini tan olgan.
Erkak ayni paytga kelib hibsga olingan. Ularning o`rtasida aynan nima sodir bo`lgani hozircha o`rganilmoqda.
Tergov boshqarmasining Presnenskiy tumanlararo tergov bo`limi tomonidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






