AsosiyJamiyat

UzAutoMotors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktasiyani qayta ochadi

'UzAutoMotors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktasiyani qayta ochadi'ning rasmi

UzAutoMotors Cobalt, Damas va Labo uchun onlayn kontraktasiya 25 dekabr kuni soat 14:00 da ochilishini e`lon qildi.

22 dekabr soat 12:00 da ommabop avtomobillarning 2024 yilgi butun ishlab chiqarish rejasi uchun onlayn kontraktasiya boshlanishi ma`lum qilingan edi.

 Kompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, UzavtoSavdo tizimida soat 10:00 dan boshlab qator tashqi ta`sirlar kuzatildi va buning natijasida tizimga murojaatlar soni 1 soniyada 50 000 – 60 000 ga etdi.

UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktasiya boshlangandan so`ng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizasiya so`rovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu o`z navbatida, onlayn savdo tizimining to`liq bloklanishiga olib keldi.

Onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etadigan bir qator tizimlar ishlamay qolgan paytdan boshlab, UzAutoMotors va tegishli tuzilmalar mutaxassislari tomonidan UzavtoSavdo tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini ta`minlash bo`yicha texnik ishlar amalga oshirildi.

Savdo tizimini qayta tiklash ishlari yakunlandi. Kontraktasiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining rejalashtirilgan butun hajmi sotuvda mavjud bo`ladi. Shu bilan birga, qolgan boshqa avtomobil modellari uchun kontraktasiya doimgidek tartibda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar