AsosiyJamiyat

Samarqand – Urganch – Samarqand yo`nalishida qo`shimcha avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi

'Samarqand – Urganch – Samarqand yo`nalishida qo`shimcha avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratish, qishki ta`til munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga etib olishlari uchun Samarqand – Urganch – Samarqand yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2023 yilning 27 dekabr kuniga qadar har kuni Samarqand shahar, Katta O`zbek traktida joylashgan Buxoro bekatidan (Galaosiyo) soat 18:00 da qo`shimcha avtobuslar harakati tashkil etilmoqda.

“Muxtor nur transservis” va “Graderoy travel” MChJga tegishli zamonaviy 3 ta avtobus bir vaqtning o`zida Samarqand shahridan jo`nab ketadi. Yo`l kira narxi bir yo`lovchi uchun 120 ming so`m.

    Boshqa yangiliklar