AsosiyJamiyat

FIDE dekabr oyi uchun 10 nafar etakchi shaxmatchilar ro`yxatini e`lon qildi. Ro`yxatda o`zbekistonliklar ham bor

'FIDE dekabr oyi uchun 10 nafar etakchi shaxmatchilar ro`yxatini e`lon qildi. Ro`yxatda o`zbekistonliklar ham bor'ning rasmi

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) dekabr oyi uchun 10 nafar etakchi shaxmatchilar ro`yxatini e`lon qildi.

Ro`yxatni 2023 yilda bo`lib o`tgan musobaqalaridagi munosib ishtiroki sabab amerikalik Fabiano Karuana 118,61 ball bilan boshlab bergan bo`lsa, undan keyingi o`rinlarda Dommaraju Gukesh (87,36), Anish Giri (84,31) va Uesli So (83,40) qayd etilgan.

O`zbekistonlik shaxmat ustalari Nodirbek Abdusattorov yil davomidagi xalqaro nufuzli musobaqalarda ko`rsatgan natijalariga ko`ra, 54,63 ball jamg`argan va FIDEning ushbu reytingida 8-o`rinni band qilgan. Javohir Sindorov 46,25 ball bilan kuchli o`ntalikni yakunlashga muvaffaq bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar