AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar qo`mitasi Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi

'Xotin-qizlar qo`mitasi Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi'ning rasmi

Prezidentimizning joriy yilning 21 dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo`mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko`ra, Oila va xotin-qizlar qo`mitasining bo`ysunuvi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi.

Qo`mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o`rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari – Qoraqalpog`iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o`rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi, tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Ma`lumot o`rnida aytish joiz, Oila va xotin-qizlar qo`mitasi 2022 yil mart oyida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tarkibida tashkil etilgandi. 2022 yil dekabridagi islohotlar vaqtida qo`mita Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibiga o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar