Ta`mirlash ishlari tufayli bugun, 26 dekabr kuni Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Yakkabog`, Kitob va Shahrisabz tumanida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Muborak Magistral gaz quvuri boshqarmasining 02/86-sonli faksogrammasiga asosan ayni daqiqalardan ta`mirlash ishlari yakunlangunga qadar, Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Yakkabog`, Kitob va Shahrisabz tumanida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Shuningdek, yuqoridagi hududlarda joylashgan 21 ta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasida ham gaz bo`lmaydi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi.






