Bu yil latviyalik mast haydovchilardan musodara qilingan umumiy qiymati 900 ming evrodan ortiq bo`lgan 271 ta avtomobil Ukrainaga berildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Latviya Seymi (parlament) yana 34 ta mashinani Ukrainaga topshirishga tayyorlanmoqda, ularning umumiy qiymati 161 880 evroga baholanmoqda.
Eslatib o`tamiz, 16 fevral kuni Latviyada davlat tomonidan musodara qilingan avtoulovlarni Kievga tekinga topshirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilingan edi.






