AsosiyDunyo

Oksford universitetida O`zbek tili markazi ochildi

'Oksford universitetida O`zbek tili markazi ochildi'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Ravshan Usmonov ushbu universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Muzokaralar chog`ida Oksford universiteti bilan O`zbekiston OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o`rtasida akademik hamkorlikni yo`lga qo`yish, Britaniya universiteti qoshidagi Wolfson College dasturlari asosida ta`lim va ixtisoslashtirilgan yo`nalishlarda mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Oksford universiteti qoshidagi “Birso`z” markazi direktori Leyla Najafzoda bilan kechgan muloqot chog`ida mazkur ta`lim muassasasida o`zbek tilini o`qitish loyihasini yo`lga qo`yish bo`yicha kelishuvga erishildi.

O`zbek tili bo`yicha darslar 2024 yil yanvar oyida 15 nafarga yaqin talaba ishtirokida boshlanadi. O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan markazning ilmiy bazasini boyitish maqsadida o`zbek tilidagi zarur adabiyotlar va o`quv materiallari etkazib beriladi.

Ma`lumot uchun, Oksford universiteti qoshidagi Wolfson College 1965 yilda tashkil topgan. Kollej universitetning etakchi 3 ta oliy o`quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu erda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 700 dan ortiq talaba gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo`yicha tahsil oladi. Kollej bitiruvchilari orasida 3 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari bor.

    Boshqa yangiliklar