1

Muxlisning xati realiti-shou boshlovchisining hayotini saqlab qoldi

Dunyo 09.11.2016, 15:35
Teglar: Salomatlik
Muxlisning xati realiti-shou boshlovchisining hayotini saqlab qoldi

Turli realiti-shoular dunyo bo`ylab minglab odamlarni televizor qarshisiga mixlab qo`yadi. Muxlislar realitu-shou qahramonlarining hayotini, qanday kun kechirishini, qaerda dam olishini, nimalar bilan mashg`ulligini bilishga qiziqadi, deb xabar beradi “Nonbox.ru”  nashri. 

AQShda “Flip or Flop” nomli realitu-shou juda mashhurdir. Uyni ta`mirlash va sotishda odamlarga ko`maklashadigan bu shouni boshlovchilar — er-xotin Terek va Kristina Mussalar olib boradi. Ammo yaqingacha Terekning hayotini oddiy muxlisi saqlab qolgani hech kimga ma`lum bo`lmagan. 2013 yilda Terekning elektron pochtasiga o`zini hamshira deb tanishtirgan ayoldan xat kelgan. Xatda u boshlovchiga zudlik bilan vrachga ko`rinishni maslahat bergan. Ayol realiti-shouni tomosha qilayotganda Terekning tomog`idagi shishga ko`zi tushgan. O`sha paytlarda ko`rsatuv hali u darajada ommalashmagani sababli muxlislardan kelgan har bir xat diqqat bilan o`qilib, birortasi ham nazardan chetda qolmagan. Xat kelgan vaqtda Terek juda ham yo`taldan qiynalgan, boshqa payt bo`lganda u bunga e`tibor bermasligi mumkin edi. Buning sababini ko`p tamaki chekkanidan ko`rgan. Shunga qaramay, muxlisning ogohlantirishi tufayli vrachga borishga qaror qildi. Tibbiy tahlil natijasi uni dahshatga soldi. Terekda qalqonsimon bez saratonining II bosqichi aniqlandi. Bu qo`rqinchli kasallikka chalingan bemorlarni ko`rganda odam o`zi ham shu kasallikka chalinishi mumkinligi haqida tasavvur ham qilolmaydi. Agar muxlisning xati bo`lmaganda, boshigacha ishga ko`milgan Terek ham tibbiy tekshiruvdan o`tishni xayoliga keltirmagandi. 

Vrachlar unga zudlik bilan operasiya qildirib, kimyoterapiya olishni maslahat berdi. Operasiya muvaffaqiyatli o`tdi. Terek oyoqqa turgandan keyin uning hayotini saqlab qolgan Rayan ismli hamshiraga shaxsan minnatdorchilik bildirishga qaror qildi. Agar Rayan  xavfli kasallikdan ogohlantirmaganda, u haliyam vrachga bormagan va oqibatda kechga qolishi mumkin edi. Albatta, uzoq masofadan turib biror kishiga tashxis qo`yish mumkin emas. Hech bo`lmaganda, xavfdan ogohlantirish ham ezgu amallardan biridir. Qo`rqinchli kasallik hech kimni ayab o`tirmaydi...

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1