Evrokomissiya sobiq prezidenti, “evro otasi” deb atalgan Jak Delor 98 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Zamon.uz.
Evropa Komissiyasining sobiq prezidenti Jak Delor chorshanba kuni 98 yoshida vafot etdi, dedi uning qizi Martin Obri.
"U bugun ertalab Parijdagi uyida uyqusida vafot etdi", — deya ma`lum qildi Obri.
Delor 1985 yildan 1995 yilgacha Evrokomissiya raisi bo`lgan. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan Delor rejasi yagona Evropa valyutasi – evroni muomalaga kiritishni boshlash imkonini berdi.






