Bugun, 28 dekabr kuni soat taxminan 07:45 da 1992 yilda tug`ilgan erkak Mirzo Ulug`bek tumani 248-sonli maktab orqa tomonidagi daraxtga o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Aniklanishicha, marxum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro`yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o`z joniga suiqasd qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






