AsosiyDunyo

Moskvada polisiyachiga hujum qilgan o`zbekistonlik erkakka jinoyat ishi ochildi

'Moskvada polisiyachiga hujum qilgan o`zbekistonlik erkakka jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Moskvadagi Salarevo metro bekatida polisiyachiga hujum qilgani aytilayotgan O`zbekiston fuqarosiga nisbatan hukumat vakiliga zo`ravonlik ishlatish moddasi bo`yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo`mitasining Moskva bosh tergov boshqarmasiga tayanib, TASS xabar berdi.

“Rossiya Tergov qo`mitasining Moskva bo`yicha Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismi (davlat amaldoriga nisbatan zo`ravonlik qo`llash) va 228-moddasida  (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish, ishlab chiqarish, qayta ishlash) nazarda tutilgan jinoyat asosida jinoyat ishini tergov qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, o`zbekistonlik erkak Salarevo stansiyasi foyesida milisiya xonasida bo`lgan va boshqa bir qoidabuzarlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortilmaslik uchun qochishga uringan.

Polisiyachi uni to`xtatmoqchi bo`lganida qo`lga olingan shaxs kuch ishlatishga uringan. Biroq u ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar