Do`sbekov Shuhrat Begimqulovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Sh. Do`sbekov 1980 yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Shuhrat Do`sbekov faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i, Bekobod tumani hokmining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.






