AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

“O`zgidromet” 29 dekabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 4-6 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechasi va kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar