AsosiyJamiyat

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik bo`yicha muzokara o`tkazdi

'Armaniston va Ozarbayjon tinchlik bo`yicha muzokara o`tkazdi'ning rasmi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Sankt-Peterburgda MDHga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi  doirasida Armaniston-Ozarbayjon tinchligiga oid masalalarni muhokama qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Pashinyan va Aliev tinchlik muzokaralarini yakunlash va yagona tinchlik shartnomasiga erishishga tayyor ekanliklarini bildirishganini ma`lum qilgan.

O`tgan yili Erevan va Boku Rossiya, AQSh va Evropa Ittifoqi vositachiligida bo`lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshlagan edi. Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliev aytganidek, agar Erevan o`z pozisiyasini o`zgartirmasa, Ozarbayjon va Armaniston yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar