Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregas Londonning boshqa bir jamoasi – “Vest Xem”ga ijara asosida to`p surish taklifini rad etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ispaniyalik xavbek o`rtamiyona klubda o`ynashni istamadi. Fabregas Evropaning top-klublariga o`tishni xohlamoqda. U hattoki, “Milan” va “Fenerbaxche” kabi jamoalardan ham tushgan takliflarni rad qilishi mumkin.
Bu mavsum Fabregas APLda 4 uchrashuvda maydonga tushgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.
Ta`kidlash kerakki, Sesk Fabregas faoliyati davomida “Barselona” va “Arsenal” kabi grand jamoalar sharafini himoya qilgan.