Isroilning Moskvadagi elchisi Aleksandr Ben Zvi diplomatik missiyasini yakunlamoqda, uning o`rniga Simone Xalperin yaqin kunlarda Rossiya poytaxtiga keladi. Bu haqda Isroilning Rossiya Federasiyasidagi diplomatik vakolatxonasiga tayanib TASS xabar berdi.
"Isroilning Rossiyadagi elchisi Aleksandr Ben Zvi diplomatik faoliyatini yakunlab, Tashqi ishlar vazirligidagi 40 yillik xizmatidan so`ng nafaqaga chiqmoqda. Uning o`rniga yangi elchi Simone Xelperin Moskvada ish boshlaydi", — deyiladi elchixona xabarida.
Isroil missiyasi matbuot xizmati sharhiga ko`ra, Rossiya Federasiyasidagi uch yillik xizmati yakunida Ben Zvi Rossiya-Isroil munosabatlari normal rivojlanayotganini va yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklar hal etilishini ta`kidladi.
Elchi, shuningdek, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishiga umid bildirgan.
Xalperin 1969 yilda Rigada tug`ilgan, 1976 yilda Isroilga qaytishidan oldin u Leningradda yashagan. U 1993 yildan beri Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritadi.