Ombudsmanda Ilmiy-maslahat kengashi tuzildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) xabar berdi.
Kengash a`zolarining vazifasi inson huquqlari va erkinliklari sohasida ilmiy asoslangan maslahat va tavsiyalar berish, davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilishda har tomonlama ko`maklashishdan iborat.
"Ma`lumki, inson huquqlari himoyasiga oid echimini kutayotgan muammolar aynan murojaatlar bilan ishlash bo`yicha kundalik amaliyotda, monitoring tashriflari va o`rganishlarida yuzaga chiqadi. Ushbu holatlarni chuqur ilmiy tahlil qilish va xorijiy davlatlar tajribalarini o`rgangan holda qonunchilik takliflarini ishlab chiqish Ombudsman faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Har jihatdan pishiq, puxta tayyorlangan qonunlarda hayotiy va xalqchil tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etsa, uni amaliyotga tatbiq qilish ham samarali kechadi", - deyiladi xabarda.






