Bojxona qo`mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX, IIV va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning Mirzo Ulug`bek tumanidagi o`z xonadoni va ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan.
Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo`llar bilan respublikaga olib kirilgan 6 nomdagi 421 500 quti tamaki mahsulotlari saqlanayotganligi ma`lum bo`lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, aksiz markasi va raqamli markirovka kodlari bilan qadoqlanmagan mazkur sigaretlarning umumiy qiymati 6 mlrd 329 mln so`mdan oshmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






