AsosiyDunyo

Tojikiston Rog`un GESning uchinchi reaktorini 2025 yilda ishga tushirishni rejalamoqda

'Tojikiston Rog`un GESning uchinchi reaktorini 2025 yilda ishga tushirishni rejalamoqda'ning rasmi

Rog`un GESining navbatdagi reaktori 2025 yilda foydalanishga topshiriladi. Bu reja haqida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugun mamlakat parlamentiga murojaati chog`ida ma`lum qilgan.

Uning ta`kidlashicha, ayni paytda Rog`un GES qurilishida 15 ming ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda, 3,5 ming turli texnikadan foydalanilmoqda.

Shu bilan birga, prezident Rog`un GESi qurilishi uchun hozirda 5 ming ishchi etishmasligini ta`kidladi.

– Loyihani o`z vaqtida amalga oshirish uchun hozirda 20 ming ishchi va mutaxassis zarur, – dedi davlat rahbari.

 

Imomali Rahmonning ta`kidlashicha, o`tgan yili GESini yakunlash uchun 5 milliard somoniy (456 million dollar) ajratilgan.

Yangi yilda uni yakunlash uchun boshqa xalqaro moliya institutlaridan mablag` jalb etilishi kutilmoqda.

Loyihaning potensial investorlari qatoriga Jahon banki, Evropa investisiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Evroosiyo taraqqiyot banki va boshqalar bor.

Moliya vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Osiyo infratuzilma investisiyalari bankidan (XXR) 500 million dollar miqdorida imtiyozli kredit jalb etish bo`yicha kelishuvlar allaqachon mavjud. Shuningdek, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi bilan 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolangan.

    Boshqa yangiliklar