AsosiyJamiyat

"Air Samarkand" Samarqanddan Toshkentga ilk ko`rgazmali parvozini amalga oshirdi

'"Air Samarkand" Samarqanddan Toshkentga ilk ko`rgazmali parvozini amalga oshirdi'ning rasmi

28-dekabr kuni "Air Samarkand" mahalliy aviakompaniyasi "Airbus" A330 samolyotida Samarqand — Toshkent —   Samarqand yo`nalishi bo`yicha o`zining ilk ko`rgazmali parvozini amalga oshirdi. 

Ekipaj va aviakompaniya vakillarini "Uzbekistan Airports" rahbariyati, samolyot esa an`anaga ko`ra suv arkasi bilan, tantanali ravishda kutib olindi.

Parvozdan ko`zlangan maqsad parvoz ekipaji faoliyatini tekshirish, shuningdek, yo`lovchilarni tashishni boshlashdan oldin barcha talab va tartiblarning bajarilishini ta`minlashdan iborat edi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq aviakompaniya O`zbekiston Fuqaro aviasiyasi agentligidan operator sertifikatini olgan edi.

"Air Samarkand" — Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan O`zbekiston aviakompaniyasi. 2022 yil aprel oyida tashkil etilgan. Aviakompaniya "Airbus" A330, A320 va A321 kabi zamonaviy samolyotlarga ega.

    Boshqa yangiliklar