Karomiddin Gadoev Malayziya Tashqi ishlar vazirligi protokol xizmati rahbari Muhammad Ayni Atanga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma`lum qildi.
Uchrashuvda O`zbekiston bilan Malayziya o`rtasidagi ishonchli va istiqbolli hamkorlik, o`zaro hurmatga asoslangan uzoq muddatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani qayd etilgan.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning kelgusi rejalari yuzasidan fikr almashilgan.
Malayziya protokol xizmati rahbari O`zbekistonni tarixan ko`p asrlik savdo va madaniy aloqalar, do`stlik va ma`naviy yaqinlik bog`lab turishini, Malayziya hukumati O`zbekiston bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini ta`kidladi.
O`zbekiston elchisi Malayziya Tashqi ishlar vazirligining faxriy mehmonlar kitobiga o`z yozuvini qoldirdi.
Eslatib o`tamiz, u shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda.






