“Iste`mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–217-son, 28.03.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko`ra, Prezidentning 2022 yil 31 maydagi PF-145-son va 2023 yil 23 martdagi PF-41-son farmonlari bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilangan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo`llash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar yangi so`yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go`shti va qo`shimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kungaboqar, maxsur yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini O`zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llanilishi belgilandi.






