Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar-ul-Haq Kakar Isroil armiyasi hujumlari qurboni bo`lgan G`azo sektori aholisi bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakatda Yangi yil bayramini nishonlash butunlay taqiqlanganini e`lon qildi.
Muvaqqat vazirlar mahkamasi rahbarining ta`kidlashicha, oktyabr oyi boshidan beri “zo`ravonlik va adolatsizlikning barcha chegaralarini ortda qoldirgan” Isroil armiyasi tomonidan 21 mingdan ortiq falastinlik, jumladan, 9 ming bola halok bo`lgan. “Butun Pokiston xalqi va musulmon dunyosi G`azo va G`arbiy Sohilda begunoh bolalarning o`ldirilishi hamda qurolsiz falastinliklarning genosid qilinishi tufayli qattiq qayg`uda”, - deya qo`shimcha qildi Kakar.
Islom Respublikasi Falastinga ikki partiya gumanitar yordam jo`natgan va hozir uchinchisini tayyorlamoqda. Islomobod Falastinga o`z vaqtida yordam ko`rsatish va G`azo sektoridan yaradorlarni evakuasiya qilishga ko`maklashish uchun Iordaniya va Misr bilan muzokaralar olib bormoqda, dedi bosh vazir.






