AsosiyDunyo

“Forbes“ talqiniga ko`ra, O`zbekiston eng yaxshi sayyohlik yo`nalishlaribiri bo`ldi

'“Forbes“ talqiniga ko`ra, O`zbekiston eng yaxshi sayyohlik yo`nalishlaribiri bo`ldi'ning rasmi

AQShning mashhur «Forbes» jurnalida 2024 yilda albatta borib ko`rish kerak bo`lgan dunyodagi ajoyib sayyohlik yo`nalishlarga bag`ishlangan maqola bosildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Unda O`zbekiston 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi yo`nalishlar ro`yxatiga kiritilgan.  Xususan, «Forbes» moliyaviy-iqtisodiy jurnali o`z o`quvchilariga O`zbekistonni 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylardan biri sifatida qayd etib, yurtimizga sayohat qilishga tavsiya etmoqda.

Maqolada dunyodagi etakchi «Lonely Planet» sayyohlik nashri vise-prezidenti Tom Xollning quyidagi so`zlari iqtibos o`rnida keltirilgan: «O`zbekistonda Ipak yo`lining eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy obidalarini, shuningdek, ajoyib tog`lar va istiqbolli poytaxti Toshkentni ko`rishingiz mumkin».

Shuningdek, maqolada mamlakat hududlari bo`ylab sayohat qilish uchun qulay va arzon poezd xizmatlari yo`lga qo`yilgani ma`lum qilingan. «AQShdan O`zbekistonga sayohat qiluvchilar uchun Nyu-York shahridan haftasiga bir nechta to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar yo`lga qo`yilgan. Shuningdek, Seul va Istanbul orqali ham borish ham sayyohlar uchun qulayliklar yaratadi», - deyiladi nashrda.

    Boshqa yangiliklar