Tashqi ishlar vaziriga yangi o`rinbosarlar tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq:
- tashqi ishlar vaziri o`rinbosari A`loev Baxromjon Jo`raboevich O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi;
- Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosarlari etib tayinlandi.
M.Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Evropa mamlakatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, R.Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.






