Bugun kunduzi respublika bo`ycha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda biroz qor bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.
30.12.2023 08:30
O`zgidromet bugungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi






