Bu gal Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30 dekabrdan 2 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi:
- 207 ta tuman va shahar ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalari,
- 1074 ta oilaviy poliklinikalar, tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
- tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo`limi hamda tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta`minlanib, zaxira o`rinlari yaratilgan.
Yurtimiz bo`yicha 2835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo`ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko`rsatadi.
Bundan tashqari, 229 ta tug`uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.






