Samarqand viloyatida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik subektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo`lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko`rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Xususan, “Dilshodtransservis” MChJ tomonidan Xitoyning CRRC kompaniyasida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi avtobus olib kelingan.
Zamonaviy talablar asosida jihozlangan ushbu avtobuslar Samarqand shahar jamoat transportining yangi yo`nalishlar tarmog`ida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. Korxona tomonidan yana 20 ta ushbu rusumdagi avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan.






