Xonanda Shahzoda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaevga ayiqcha sovg`a qildi.
Mazkur sovg`a Rahmatullaevning 9 noyabr kuni start olgan yakkaxon konsert dasturi munosabati bilan taqdim etildi.
“Qirmizi olma” deb nomlangan besh kunlik konsert dasturi 13 noyabrga qadar “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi.
Xonanda konsertidan olingan fotolavhalarni Instagramdagi sahifasiga joyladi.











