Kiberxavfsizlik markazi Telegram’da «zararli» virus ilovalar tarqatib kelgan «xaker» yigitning qilmishlariga chek qo`yilganini ma`lum qildi. Tezkor qidiruv tadbirida u Farg`ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi 16 yoshli N.I. ismli shaxs ekani aniqlangan.
Yigit Telegramʼda «Romeo» nomli profili orqali Darkweb nomli kanal ochib, ushbu kanalga zararli ilovalarni joylashtirib, tarqatib kelgan.
Holat yuzasidan N.I.ga Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yigit tomonidan sodir etilib, fosh etilmay qolgan shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi o`rganilmoqda.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.






