AsosiyJamiyat

Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

'Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?'ning rasmi

2024 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga keldi. 

Ularning:

540 nafari o`g`il, 

503 nafari qiz.

Eng ko`p tug`ilish Farg`ona  viloyatida (160 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o`rinlarni: 

Samarqand viloyati (127 nafar),

Qashqadaryo viloyati (115 nafar),

Namangan  viloyati (105 nafar),

Andijon  viloyati (97 nafar) band etdi. 

Eng kam tug`ilish esa Navoiy viloyati (11  nafar) hissasiga to`g`ri keldi.

E`tiborlisi, tug`ilganlarning 12 nafari egizakdir. 

Ayni paytda shifokorlarimiz go`daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo`yicha sifatli tibbiy xizmat ko`rsatmoqda.

Eslatib o`tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 229 ta tug`uruq kompleksida ham  jami 7 500 nafar tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatmoqda. 

    Boshqa yangiliklar