AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli zilzilalar oqibatida o`ttizdan oshiq kishi halok bo`ldi

'Yaponiyada kuchli zilzilalar oqibatida o`ttizdan oshiq kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Yaponiyadagi kuchli zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 30 nafardan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rasmiylar jiddiy zarar va ko`plab qurbonlar haqida ogohlantirmoqda – fojia ko`lami qutqaruvchilar jabrlangan hududlarga etib borgach, baholanadi. 

Dushanba kuni Yaponiyaning markaziy qismida, Isikava prefekturasidagi Noto yarim oroli yaqinida 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Ko`plab binolar vayron bo`lgan, o`n minglab odamlar elektr ta`minotisiz qolgan.

Yaponiya hukumati ma`lumotlariga ko`ra, 97 mingdan ortiq odamni evakuasiya qilish buyurilgan.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning aytishicha, eng ko`p jabr ko`rgan hududlarga olib boruvchi asosiy yo`llar bo`rondan jiddiy zarar ko`rgan, bu esa harbiylarning qutqaruv ishlariga to`sqinlik qilmoqda.

Zilziladan so`ng rasmiylar Icikavada sunami xavfi borligini e`lon qildi, ammo keyinchalik barcha ogohlantirishlar bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar