AsosiyJamiyat

Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi tashkil etiladi

'Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O`zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi ham tashkil etiladi.

“Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi: 
Ijtimoiy himoya davlat jamg`armasi, Agentlikning byudjetdan tashqari mablag`lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

axborot dasturlarini ishlab chiqish va kuzatib borish, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikasiya tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, “Call-markaz” faoliyatini tashkil etish va boshqa sohalarda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarga muvofiq to`g`ridan-to`g`ri shartnoma asosida moliyalashtiriladi; 

tuzilmasi hamda xodimlarning mehnatiga haq to`lash va ularni rag`batlantirish shartlari Agentlik bilan kelishilgan holda, loyihalarga ajratilgan mablag`lar doirasida markaz tomonidan belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar