Joriy yil 3 yanvar kuni soat 22:50 larda Samarqand tumani O`zbek kenti mahallasi hududidan o`tuvchi yo`lda yuk avtomobillari o`rtasida to`qnashuv sodir bo`lib, transport vositalarida yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
YTH natijasida jarohat olganlar yo`q.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






