“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko`ra, tibbiyot tizimini yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida tibbiyot sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga etkazish ko`zda tutilyapti.
Sog`liqni saqlash tizimida davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish ham mo`ljallangan.
Sog`liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag`lar ishlatilishi samaradorligi oshiriladi.
Tibbiyot xodimlarini qo`shimcha moliyaviy qo`llab-quvvatlash, pulli tibbiy xizmat hajmini ko`paytirish rejalashtirilgan.






