Hindistonning Panjob shtatida 3943 ta yoqilg`i quyish shoxobchalari mavjud bo`lib, ularning 80 foizida 2 yanvar kuni yoqilg`i tugadi, dedi Panjob yoqilg`i quyish shoxobchalari sotuvchilar uyushmasi vakili.
Ba`zi yuk mashinalari, avtobus va tanker haydovchilari bunga qarshi norozilik bildirish uchun bir nechta shtatlarda uch kunlik ish tashlashni boshladilar.
Ba`zi OAVlarda qayd etilishicha, Hindistonda etkazib berish xizmati xodimlari yoqilg`i etishmasligi sababli allaqachon otlarga o`tmoqda. Bunday qiziq voqea Andxra-Pradesh shtati poytaxti hisoblangan Haydarobod shahrida qayd etilgan.






