AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 20 yanvardan boshlab elektropoezd va tez yurar poezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi (yangi narxlar)

'O`zbekistonda 20 yanvardan boshlab elektropoezd va tez yurar poezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi (yangi narxlar)'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temir yo`l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi - yoqilg`i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo`lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish, temir yo`l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O`zbekiston" tez yurar poezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unga ko`ra:

Toshkent — Buxoro — Toshkent

VIP 636 000 so`m

Biznes 462 000 so`m

Ekonom 336 000 so`m

Toshkent — Qarshi — Toshkent

VIP 534 000 so`m

Biznes 390 000 so`m

Ekonom 282 000 so`m

Toshkent — Samarqand — Toshkent

VIP 396 000 so`m

Biznes 276 000 so`m

Ekonom 204 000 so`m etib belgilandi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 2023 yil 10 oktyabrdagi "O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poezdlarda yo`lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o`tish amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar