"Hududgazta`minot" AJ matbuot xizmatiga ko`ra, Toshkent shahrining Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug`bek tumanlari hududlarida ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, 5 yanvar kuni quyidagi hududlarga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.
Yangihayot tumani “Yangi turmush” MFY:
Aholi iste`molchilari – 890 ta
Ulgurji iste`molchilar – 1 ta (14:00 dan 17:00 gacha).
Sergeli tumani “Madadkor” va “Ziynat” MFY:
Aholi iste`molchilari – 3989 ta
Ulgurji iste`molchilar soni – 4 ta (14:00 dan 16:00 gacha).
Mirzo Ulug`bek tumani Sho`rtepa, Moxlaroyim, Binokor, Jasorat, Uzumzor, Sh,Burxonov, Oyishaxonim, Turon, Gulnor va Sarbaland ko`chalari:
Aholi iste`molchilari – 582 ta
Ulgurji iste`molchilar – 13 ta (14:00 dan 18:00 gacha).
Ta`mirlash ishlari yakunlangach, mazkur hududlarda tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.






