AsosiyJamiyat

Maktablarning har o`quv yili uchun qabul rejasi elektron platforma orqali shakllantiriladi

'Maktablarning har o`quv yili uchun qabul rejasi elektron platforma orqali shakllantiriladi'ning rasmi

2024 yil 1 yanvardan bola tug`ilganidan so`ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo`yiladi.

Ta`lim sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan tizim tashkilotlarida ish jarayonini raqamlashtirish maqsadida:

- bola tug`ilganidan so`ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo`yiladi;
- maktablarning har o`quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

2023-2024 o`quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikasiyalash tizimi joriy etiladi.

Bunda, sertifikasiyadan o`ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar