AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida fuqarolar noqonuniy tarzda qushlarni ovlagani aniqlandi

'Toshkent viloyatida fuqarolar noqonuniy tarzda qushlarni ovlagani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani hamda shahar bo`limlari tomonidan nazorat tadbiri o`tkazildi.

Tadbir davomida  Ohangaron tumanidagi "Geolog" MFY hududida noma`lum fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda sayroqi qushlar ovlanayotgani aniqlandi. Holat o`rganilganida huquqbuzarlikni fuqarolar M.M., M.M., F.A. sodir etilganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har biriga BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so`m miqdorida jarima qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar