AsosiyDunyo

Tojikistonlik 5 bolaning onasi Parvina Saidova Astanadagi go`zallik tanlovida g`olib bo`ldi

Besh farzandning onasi, bir qancha go`zallik tanlovlarining g`olibasi bo`lgan tojikistonlik model Fransiya  poytaxtini zabt etish uchun yo`l oldi, deb xabar berdi “Sputnik-tj.com” nashri.

Tojikistonlik model Parvina Saidova Astana shahrida o`tkazilgan Miss World Beauty go`zallik tanlovining g`olibasi bo`ldi. U Mrs International-2016 nominasiyasi bo`yicha tojni qo`lga kiritdi. Bu tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan bo`lgan 120 nafar model ishtirok etdi. Hakamlar hay`ati ularni tashqi qiyofasiga, vokal va xoreografiyadan xabardorligiga, milliy liboslariga qarab baholadi. 

 

27 yoshli Parvina Tojikistonning “Sputnik” nashriga bergan intervyusida, g`alaba qozonishiga ishonmaganligini tan oldi. Bu g`alaba Parvina uchun xalqaro go`zallik tanlovlariga chiqish uchun yo`l ochdi. U ilgari tanlovda qatnashish uchun 700-800 evro badal to`lagan bo`lsa, endi bu to`lovdan ozod qilindi.

 

 

Bundan ikki yil muqaddam, Parvina 25 yoshda beva qolgan. Boshiga tushgan bu musibat nafaqat shaxsiy hayotiga, balki karerasiga ham yomon ta`sir qilgan. U bu haqda shunday deb eslaydi: “Turmush o`rtog`im vafot etgandan keyin, 5 bola bilan yolg`iz qoldim. Nima qilishni, bundan buyog`iga qanday yashashni bilmay, depressiyaga tushib qoldim. Shunda yaqin dugonalarimdan biri bo`lgan, tojik shoirasi Shoira Rahimjon menga aktyorlik mahoratidan dars beruvchi shaxsiy Akademiyaga o`qishga borishni tavsiya qildi, depressiyadan chiqishimga yordam berdi”.

 

 

U o`qishga borib, bir hafta o`qimasidanoq, “Tojikfilm”da suratga olinishi rejalashtirilgan film kastingiga taklif etildi. Barcha talabgorlar ichidan aynan u tanlandi. Shundan so`ng tojikistonlik mashhur xonandalarning ham kliplarida suratga tushdi. Keyinchalik  “Novaya era” modellik agentligi bilan shartnoma tuzdi. 2016 yilning aprel oyida Odessada o`tkazilgan modalar haftaligida Top Model — 2016 unvoniga sazovor bo`ldi.











 

Boshqa yangiliklar