AsosiyJamiyat

Andijonda qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi

'Andijonda qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.A. fuqaro F.Sning ishonchiga kirib, go`yoki o`zini muqaddam ichki ishlar organlarida ishlaganligini aytib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan o`g`li A.S.ga nisbatan jinoyat ishini sudda ko`rish jarayonida tanishlari yordamida ozodlikka chiqarib berishi evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, yana 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar