AsosiyJamiyat

Toshkentda hammomda qaynoq suv baki yorilib ketishi oqibatida 20 yoshli qiz vafot etdi (video)

'Toshkentda hammomda qaynoq suv baki yorilib ketishi oqibatida 20 yoshli qiz vafot etdi (video)'ning rasmi

Toshkentda qaynoq suv baki yorilib ketishi oqibatida 20 yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda “Millar“ ko`rsatuvida xabar qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, qiz hammomdaligida bak yorilib ketib, qiz qaynoq suv tagida qolib ketgan. 

Voqea haqida dastlab qizning opasi xabar topgan va darhol shifokorlarlarga murojaat qilgan. Bemor shifoxonaga og`ir ahvolda kuyish tan jarohatlari bilan olib borilgan.

Qizda 80-90 foiz kuyish tashxisi qo`yilgan, shifokorlarning urinishiga qaramasdan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar