AsosiyJamiyat

MDHdagi eng qimmat benzin O`zbekistonda sotilmoqda

'MDHdagi eng qimmat benzin O`zbekistonda sotilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda benzin narxi MDH davlatlari orasida eng qimmat deb topildi.  Bu haqda 150 dan ortiq mamlakatlarda motor yoqilg`isi, elektr energiyasi va tabiiy gazning chakana narxlarini e`lon qilib boruvchi "Global Petrol Prices" platformasining reytingida keltirilgan.

 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda 95 markali benzinning bir litri (1,137 dollar) AQShga (0,911 dollar) nisbatan ancha yuqori narxda sotilyapti.

Platforma MDH davlatlaridagi benzin narxini ham taqqoslagan. Unga ko`ra, O`zbekistonda benzin qiymati eng qimmati deb topilgan.

Xususan, Turkmanistonda bir litr benzin – 0,428 dollar, Qozog`istonda – 0,534 dollar, Ozarbayjonda – 0,588 dollar, Rossiyada – 0,617 dollar, Qirg`izistonda esa 0,801 dollar turadi. Yangi GTL zavodi ishga tushirilganiga qaramay, O`zbekistonda dizel yoqilg`isi narxi ham AQShga qaraganda qimmatroq.

    Boshqa yangiliklar