AsosiyJamiyat

To`pponcha bilan tushgan rasmini Instagram sahifasiga joylashtirgan 21 yoshli yigit ogohlantirildi (video)

'To`pponcha bilan tushgan rasmini Instagram sahifasiga joylashtirgan 21 yoshli yigit ogohlantirildi (video)'ning rasmi

Namangan viloyatida tug`ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli yigit qo`lida qurol bilan rasmga tushib Instagram sahifasida post e`lon qilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tezkor surishtiruv olib borilganini ma`lum qildi.

Yigitning aytishicha, u 2023 yilning avgust oyida o`yinchoq qurol bilan rasmga tushib, uni Instagram sahifasiga post ko`rinishida joylagan. Keyinchalik holat ommaning e`tiborini tortib, keng muhokamalarga sabab bo`lgan.

«Qilgan ishimdan to`g`ri xulosa chiqardim. Bunday ishni o`zimning tengdoshlarimga tavsiya qilmagan bo`lardim, chunki bu narsaning o`yinchoqligini faqat o`zingiz bilasiz, odamlar uni haqiqiy deb o`ylashlari mumkin», deydi yigit.

Fotodagi qurol elim o`q otuvchi o`yinchoq ekani aniqlangan va xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar