Bugun 8 yanvar kuni Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yomg`ir yog`ish ehtimoli bor, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 7-12o iliqdan yuqori bo`lmaydi.
9-10 yanvar kunlari O`zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, harorat ko`tariladi. 9 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-15° iliq bo`ladi, 10 yanvarda harorat kechasi 5-8° iliqqacha, kunduzi 15-18° iliqqacha, janubiy hududlarda 20° iliqqacha ko`tariladi. Kechasi va ertalab respublika bo`yicha tuman tushadi.
11 yanvarda mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Havo harorati kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.
Poytaxtimizda: bugun ertalab biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11o iliq bo`ladi.
9-10 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. 9 yanvarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi 0-2° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo`ladi, 10 yanvarda harorat kechasi 5-7° iliqqacha, kunduzi 16-18° iliqqacha ko`tarilishi kutilmoqda.
11 yanvarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo`ladi.






