Amerikaning haftalik Newsweek nashri Xillari Klintonning surati va uning tagiga “Prezident xonim” degan yozuv bilan yangi jurnalni sotuvga chiqardi.
Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. Xato anglab etilganda, jurnalning 125 ming nusxasi sotuvga chiqib bo`lgan edi. Nashr rahbariyati muqovasida Klinton aks etgan jurnalni qaytarib olishga hamda barchadan rasman kechirim so`rashiga to`g`ri keldi.
Jurnal rahbariyatining tushuntirishicha, muqovaning ikkita talqini saylov natijalari e`lon qilinmasidan avval tayyorlab qo`yilgan. Biroq hech kim chop etish uchun jurnalning xato talqini ketib qolishi haqida o`ylab ko`rmagan.
Eslatib o`tamiz, AQSh prezidenti saylovida respublikachilardan nomzod Donald Tramp g`alaba qozonib, saylovchilarning 270 ta ovoziga ega bo`ldi.