AsosiyJamiyat

O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda — Statistika agentligi

'O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda — Statistika agentligi'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.  

Respublikaning doimiy aholisi soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko`paygan. Ya`ni O`zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o`rtacha 64,6 ming kishiga oshgan. 2023 yilning har bir kunida esa doimiy aholi soni o`rtacha 2,1 ming kishiga ko`paymoqda.

    Boshqa yangiliklar