Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqalmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7 yanvar kuni o`zining otasi 1972 yilda tug`ilgan A.X. tomonidan o`g`li axloqsizlikka yo`l qo`ygani vaji bilan etkazilgan.
Hozirda voyaga etmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko`rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






